Ostonada Oʻzbekiston sunʼiy intellekt tashabbuslarini taqdim etdi

Ostonada Oʻzbekiston sunʼiy intellekt tashabbuslarini taqdim etdi

Ostonada Oʻzbekiston sunʼiy intellekt tashabbuslarini taqdim etdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 16–17-aprel kunlari Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasi Qozog‘istonning Ostona shahrida o‘tkazilayotgan "Data Center & AI Infrastructure Central Asia 2026" konferensiyasida ishtirok etmoqda.

Mazkur konferensiya sun’iy intellekt, ma’lumotlar markazlari va raqamli infratuzilmani rivojlantirishga bag‘ishlangan yuqori darajadagi mintaqaviy platforma hisoblanadi. Tadbir Markaziy Osiyo, MDH va jahon bozorlaridan xalqaro tashkilotlar vakillari, ma’lumotlar markazlari operatorlari, bulutli texnologiyalar va sun’iy intellekt infratuzilmasi provayderlari, investorlar hamda texnologiya yetakchilarini bir joyga jamlamoqda.

Tadbir davomida vazirlik delegatsiyasi O‘zbekistonda ma’lumotlar markazlarini rivojlantirish va sun’iy intellekt sohalarida amalga oshirilayotgan tashabbuslar va islohotlarni taqdim etdi.

Xususan, raqamli infratuzilmani mustahkamlash, ma’lumotlarni qayta ishlash quvvatlarini kengaytirish va sun’iy intellekt ma’lumotlar markazlarini joylashtirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan ishlarga e’tibor qaratildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling