O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Texnologiyalar

Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi raqamli transformatsiya va aloqani muhokama qilishdi

UzDaily · 19.06.2026 · 10:05 · 27 views
Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi raqamli transformatsiya va aloqani muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi raqamli transformatsiya va aloqani muhokama qilishdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Yevropa Komissiyasining Xalqaro hamkorlik bo‘yicha bosh direktorati (DG INTPA) huzuridagi Markaziy Osiyo va Afg‘oniston bo‘limi rahbari Sharlotta Adrian hamda Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida raqamli transformatsiya, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish hamda chekka hududlarda zamonaviy aloqa xizmatlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar Yevropa Ittifoqining Global Gateway tashabbusi doirasida Markaziy Osiyoning chekka hududlarida zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini rivojlantirishga qaratilgan mintaqaviy loyihaning amalga oshirilish jarayonini ko‘rib chiqdilar.

Muloqot davomida loyihaning iqtisodiy samaradorligini ta’minlash, amaliy mexanizmlarini takomillashtirish, moliyaviy va texnik masalalarni muvofiqlashtirish hamda jarayonlarni jadallashtirish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuvda Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston raqamli infratuzilma, sun’iy yo‘ldosh aloqasi, telekommunikatsiyalar va mintaqaviy raqamli integratsiya masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

UzDaily · 👁 27 views · 19.06.2026 · 10:05