O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
Texnologiyalar

Oʻzbekiston va Polsha raqamli sohadagi hamkorlikni kengaytiradi

Dilafro'z Niyazova · 26.08.2026 · 18:30 · 39 views
Oʻzbekiston va Polsha raqamli sohadagi hamkorlikni kengaytiradi
Oʻzbekiston va Polsha raqamli sohadagi hamkorlikni kengaytiradi / Foto: “Dunyo” AA.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) —  O‘zbekiston elchisi Amirsaid Aʼzamxo‘jayev Polsha raqamlashtirish vaziri o‘rinbosari Rafal Rosinski bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuvda raqamlashtirish, kiberxavfsizlik, innovatsiyalar va ilmiy-tadqiqotlar sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, Polsha Milliy tadqiqot va xavfsizlik instituti (NASK) hamda O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi ilmiy-tadqiqot institutlari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Shuningdek, “Cyber University”ning Varshava politexnika universiteti, Varshava universiteti va Vroslav fan va texnologiyalar universiteti bilan hamkorligini kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Ushbu hamkorlik doirasida talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma taʼlim va ilmiy-tadqiqot dasturlarini amalga oshirish, kiberxavfsizlik sohasi uchun malakali mutaxassislar tayyorlash ko‘zda tutilmoqda.

Muloqot yakunida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni muhokama qilish maqsadida yaqin vaqtda videokonferensiya o‘tkazishga kelishib olindi.