Oʻzbekiston kosmik maʼlumotlarni sunʼiy intellekt yordamida raqamlashtirishni tezlashtirmoqda

Oʻzbekiston kosmik maʼlumotlarni sunʼiy intellekt yordamida raqamlashtirishni tezlashtirmoqda

Oʻzbekiston kosmik maʼlumotlarni sunʼiy intellekt yordamida raqamlashtirishni tezlashtirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkentda Uzcosmos agentligi muassisligidagi Kosmik monitoring va geoaxborot texnologiyalari markazi hamda Sun’iy intellekt alyansi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur kelishuv kosmik ma’lumotlardan foydalanish samaradorligini oshirish bilan birga, Markaz mutaxassislariga o‘z malakalarini muntazam ravishda oshirib borish imkonini beradi.

Shuningdek, ushbu hamkorlik doirasida ular seminarlar va netvorking tadbirlarida ishtirok etish, sun’iy intellekt sohasidagi eng so‘nggi tendensiyalar va yangiliklardan xabardor bo‘lib borish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Kuni kecha Sun’iy intellekt alyansi tomonidan hamkorlar uchun biznes nonushta ham tashkil etildi.

Ushbu norasmiy uchrashuv alyans faoliyatini yanada tizimli yo‘lga qo‘yish, a’zolar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda istiqboldagi rejalarni muvofiqlashtirishga qaratilgan muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.

Uchrashuv doirasida alyansning ustuvor yo‘nalishlari, sun’iy intellekt texnologiyalarining mamlakatimiz rivojidagi ahamiyati hamda ularni turli sohalarga keng joriy etish istiqbollari yuzasidan ochiq muloqot va fikr almashinuvi kun tartibining asosiy mavzularidan biri bo‘ldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling