Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida IT Park Uzbekistan bosh direktori Azamat Karamatov Princeville Capital hamkori Entoni Doe bilan uchrashdi. Tomonlar O‘zbekistonda hamkorlik qilish imkoniyatlari va milliy startap ekotizimini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash masalalarini muhokama qildi. Bu haqda IT Park Uzbekistan xabar berdi.
Uchrashuvda venchur investitsiyalar va startaplarni qo‘llab-quvvatlash sohalaridagi hamkorlikning potensial yo‘nalishlariga asosiy eʼtibor qaratildi. Ishtirokchilar, shuningdek, mahalliy bozor bilan hamkorlik rivojlanishi barobarida Princeville Capitalning O‘zbekistondagi ishtirokini kengaytirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi.
Tomonlar xalqaro investorlar va O‘zbekiston startap hamjamiyati o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha fikr almashdi. Investitsiyalarni jalb qilish va istiqbolli texnologik kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy hamkorlik formatlari alohida muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida ishtirokchilar muloqotni davom ettirish va mamlakat venchur ekotizimini yana-da rivojlantirish uchun hamkorlikning aniq yo‘nalishlarini ishlab chiqishga kelishib oldi.
Uchrashuv tomonlarning hamkorlikni davom ettirish va kelgusida sheriklik uchun yangi imkoniyatlarni izlashdan o‘zaro manfaatdor ekanini tasdiqladi.
Princeville Capital — texnologik loyihalarga ixtisoslashgan xalqaro investitsiya kompaniyasi bo‘lib, innovatsion kompaniyalarga biznesni kengaytirish va global bozorlarga chiqishda ko‘mak beradi.