Shoshilinch
Madaniyat

Endilikda madaniy boyliklarning ham qiymati paydo bo‘ladi

Endilikda madaniy boyliklarning ham qiymati paydo bo‘ladi
Endilikda madaniy boyliklarning ham qiymati paydo bo‘ladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standartiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

Unga ko‘ra, 16-son “Madaniy boyliklar qiymatini baholash” Milliy baholash standarti qabul qilindi.

Xususan, madaniy boyliklar, yaʼni moddiy dunyoning milliy, tarixiy, badiiy, ilmiy-maʼrifiy, maʼnaviy-axloqiy va boshqa madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘char boyliklar, jumladan tasviriy va amaliy sanʼat asarlari baholanadi.

Madaniy boyliklarni baholash qiyosiy, daromad va xarajat yondashuvlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.

Baholash obyektining madaniy boylik ekanligini tasdiqlovchi sanʼatshunos ekspertning xulosasi mavjud bo‘lishi madaniy boyliklar qiymatini baholashning eng muhim sharti hisoblanadi.

Mazkur Standart madaniy boyliklar, jumladan tasviriy va amaliy sanʼat asarlarini qiymatini aniqlash orqali ularni fuqarolik muomalasiga jalb qilishda, shu jumladan sotish va sotib olish, garov qo‘yish, sug‘urta qilish va boshqa munosabatlarda muhim ahamiyatga ega.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.