O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Madaniyat

BBC 2026-yilning eng kutilgan muzeylari qatoriga Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazini kiritdi

Dilafro'z Niyazova · 05.03.2026 · 14:20 · 1983 views
BBC 2026-yilning eng kutilgan muzeylari qatoriga Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazini kiritdi
BBC 2026-yilning eng kutilgan muzeylari qatoriga Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazini kiritdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — BBC Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazini 2026 yilda dunyoda intizorlik bilan ochilishi kutilayotgan TOP-6 muzey ro‘yxatiga kiritdi.

Nashrning taʼkidlashicha, binoning o‘zi inson tasavvurini lol qoldiradi, uning markaziy zalida esa YUNESKO reyestriga kiritilgan VII asrga oid Usmon Musʼhafi taqdim etiladi.

Muzey majmuasi kolleksiyasidan, shuningdek, 2 mingdan ortiq qo‘lyozma va tarixiy ashyolar o‘rin olgan bo‘lib, ularning aksariyati so‘nggi yillarda mamlakatga qaytarilgan.

Markazning ochilishi mart oyiga rejalashtirilgan bo‘lib, u hozirdanoq butun dunyo sayyohlari va olimlari uchun o‘ziga xos “magnit” sifatida eʼtirof etilmoqda.