Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, teatr, kino va dublyaj aktrisasi Yodgora Ziyomuhamedova 74 yoshida vafot etdi.
Uning 34 yildan ortiq ijodiy faoliyati O‘zbekiston Davlat yosh tomoshabinlar teatri bilan bog‘liq bo‘lgan. Shu davr mobaynida aktrisa sahnada 100 ga yaqin obraz yaratgan.
Uning eng mashhur rollari qatoriga «Qizil qalpoqcha» spektaklidagi Qizil qalpoqcha, «Zumrad va Qimmat»dagi Kumush, «Farzandim jigarbandim»dagi Sanobar, «Sening taqdiring»dagi Nazira, “Yarash-yarash”dagi Pokiza, “Burgut”dagi Gulnur va «Birinchi o‘qituvchi»dagi Oltinoi obrazlari kiradi.
Yodgora Ziyomuhamedova televideniye va kinoda ham faol ijod qilgan.
U 25 yil davomida «Oqshom ertaklari» televizion ko‘rsatuvini olib borgan.