Valyuta kurslari 13/01/2026
$1 – 12099.18
UZS – -0,27%
€1 – 14134.26
UZS – 0,07%
₽1 – 153.82
UZS – 0,18%
Qidirish
Janubiy Koreyada O‘zbekiston taʼlim sohasi namoyish qilindi

Janubiy Koreyada O‘zbekiston taʼlim sohasi namoyish qilindi

Janubiy Koreyada O‘zbekiston taʼlim sohasi namoyish qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Janubiy Koreyaning Kyongido provinsiyasi Taʼlim boshqarmasi tashabbusi bilan “Markaziy Osiyo davlatlari taʼlim sohasida hamkorlik forumi” o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mazkur forum doirasida O‘zbekiston Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi vakillari yurtimizda maktab taʼlimi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida taqdimot namoyish qildi.

Taqdimotda umumtaʼlim tizimini modernizatsiya qilish, o‘quv jarayoni sifatini oshirish, pedagog kadrlar salohiyatini rivojlantirish, inklyuziv taʼlimni joriy etish masalalari haqida maʼlumot berildi.

Shuningdek, global va ko‘p madaniyatli taʼlim yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar, xalqaro hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan tashabbuslar yoritildi.

Forum Koreya Respublikasi va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida maktab taʼlimi sohasidagi hamkorlik natijalarini muhokama qilish, ilg‘or tajriba almashish hamda kelgusidagi qo‘shma loyihalar uchun amaliy muloqot maydoni sifatida xizmat qilishi taʼkidlandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling