Valyuta kurslari 19/05/2025
$1 – 12917.10
UZS – -0,37%
€1 – 14460.69
UZS – -0,44%
₽1 – 160.14
UZS – -0,74%
Qidirish
Iqtisod 17/04/2025 O‘zbekistonda mahsulotlarni sertifikatlashtirish sohasida Intertek bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi

O‘zbekistonda mahsulotlarni sertifikatlashtirish sohasida Intertek bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Shu yilning 16-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari Akram Aliyev Buyuk Britaniyaning mahsulotlarni sertifikatlashtirish, tekshirish va muvofiqligini baholash bo‘yicha jahondagi yetakchi xizmat ko‘rsatuvchi "Intertek" kompaniyasi vitse-prezidenti Jeremi Gaspar bilan uchrashdi.

Tomonlar texnik jihatdan tartibga solish sohasida qo‘shma loyihalarni, jumladan, Yevropa, AQSh, Yaqin Sharq va Xitoy bozorlariga eksport hajmini oshirish uchun O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va kimyo mahsulotlarini sertifikatlash loyihalarini amalga oshirish, muvofiqlikni baholash tizimini rivojlantirish hamda “Eko-Levy” ekologik nazorat dasturini tatbiq qilish istiqbollarini muhokama qildilar.

O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish va xalqaro bozorlarga olib chiqish maqsadida hamkorlikni chuqurlashtirishga o‘zaro tayyorlik bildirildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling