Valyuta kurslari 19/05/2025
$1 – 12917.10
UZS – -0,37%
€1 – 14460.69
UZS – -0,44%
₽1 – 160.14
UZS – -0,74%
Qidirish
Iqtisod 17/04/2025 O‘zbekiston va Chelyabinsk viloyati vakillari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va qo‘shma korxonalar tashkil etish masalalarini muhokama qildilar

O‘zbekiston va Chelyabinsk viloyati vakillari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va qo‘shma korxonalar tashkil etish masalalarini muhokama qildilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 16-aprel kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Rossiya Federatsiyasi Chelyabinsk viloyati xalqaro hamkorlik agentligi, Rossiya mashinasozlik muhandislari uyushmasi vakillari, shuningdek, O‘zbekiston va Rossiyaning 15 dan ortiq yetakchi hududiy kompaniyalar rahbarlari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Muloqot chog‘ida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish istiqbollari, sanoat mahsulotlarini yetkazib berish va keyinchalik ularni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish imkoniyatlari, qo‘shma korxonalar tashkil etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Chelyabinsk viloyati kompaniyalari metallurgiya, mashinasozlik, axborot texnologiyalari va qurilish materiallari ishlab chiqarish quvvatlarining taqdimotini o‘tkazishdi.

Dastur doirasida B2B uchrashuvlari tashkil etildi hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, mahsulot yetkazib berish va xizmat ko‘rsatish korxonalarini tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling