Валюта курслари 02/03/2026
$1 – 12172.18
UZS – 0.29%
€1 – 14357.09
UZS – 0.27%
₽1 – 157.45
UZS – -0.16%
Қидириш
Oʻzbekiston va Quvayt tashqi ishlar vazirlari Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Quvayt tashqi ishlar vazirlari Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Quvayt tashqi ishlar vazirlari Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qilishdi

Тошкент, Ўзбекистон (UzDaily.uz) — 1-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Quvayt Davlati tashqi ishlar vaziri Shayx Jarrah as-Sabah bilan telefon orqali suhbatlashdi.

Tomonlar Yaqin Sharqdagi voqealar yuzasidan fikr almashdilar. Soʻnggi voqealarni inobatga olgan holda, vazir Saidov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomidan Quvayt rahbariyati va xalqiga samimiy hamdardlik bildirdi.

Suhbat davomida davlat suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qilish muhimligi, shuningdek, barcha yuzaga keladigan muammolarni faqat tinch, siyosiy va diplomatik yoʻllar bilan, xalqaro huquqqa toʻliq muvofiq holda hal qilish zarurligi taʼkidlandi.

Энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг
Телеграм каналимизга обуна бўлинг