Valyuta kurslari 23/02/2026
$1 – 12212.79
UZS – 0,36%
€1 – 14411.09
UZS – 0,36%
₽1 – 159.52
UZS – 0,36%
Qidirish
Yer maydonini 9 mln AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lganlarning noqonuniy harakati fosh etildi

Yer maydonini 9 mln AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lganlarning noqonuniy harakati fosh etildi

Yer maydonini 9 mln AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lganlarning noqonuniy harakati fosh etildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent shahrida qiymati 9 million AQSH dollariga teng bo‘lgan yer maydonini noqonuniy sotishga urinishning oldi olindi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar maʼlumotlariga ko‘ra, poytaxtda istiqomat qiluvchi, 1953 yilda tug‘ilgan, ilgari bir necha bor sudlangan ayol 1982 yilda tug‘ilgan tanishi bilan birgalikda xaridorga Toshkentning Yunusobod tumanida joylashgan, qonuniylashtirilmagan ikki gektar yer uchastkasini sotishga uringan.

Ushbu yer maydoni tadbirkorlik subyektiga tegishli bo‘lgan, biroq uni sotishga qonunan taqiq qo‘yilgan edi.

Sotuvning qonuniyligini yaratish uchun jinoyatchilar mansabdor tanishlari orqali barcha hujjatlarni tayyorlab, turar joy toifasiga o‘tkazib berish evaziga oldindan 200 ming AQSH dollari olgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling