O‘zbekistonga telefon importi 900 mingdan oshdi

O‘zbekistonga telefon importi 900 mingdan oshdi

O‘zbekistonga telefon importi 900 mingdan oshdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 

2026 yil yanvar–fevral oylarida O‘zbekistonga jami 175,4 mln AQSH dollari qiymatida 909 951 dona mobil telefon import qilindi.

Taʼminotlar 40 ta xorijiy davlatdan amalga oshirilgani O‘zbekiston Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlarida qayd etilgan.

O‘tgan yilning shu davriga nisbatan import hajmi 357,4 ming donaga yoki bu 64,7 foizga oshgan.

Mobil telefonlar yetkazib berishda asosiy ulush Xitoy hissasiga to‘g‘ri keldi — ushbu mamlakatdan 704 353 dona qurilma olib kirilgan. Shuningdek, katta hajm Vyetnamdan — 183 996 dona telefonni tashkil etdi. Hindistondan 12 574 dona, Janubiy Koreyadan 4 924 dona, Qirg‘iz Respublikasidan esa 1 923  dona, Indoneziyadan 1 582 dona telefon import qilingan. Boshqa davlatlar hissasiga 601 dona mobil qurilma to‘g‘ri keldi.

Keltirilgan maʼlumotlar ichki bozorda mobil elektronikaga bo‘lgan talab barqaror o‘sib borayotganini hamda tashqi savdo taʼminotlari geografiyasi kengayayotganini ko‘rsatadi.

 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling