Valyuta kurslari 15/01/2026
$1 – 12001.71
UZS – -0,38%
€1 – 13984.39
UZS – -0,56%
₽1 – 152.87
UZS – -0,27%
Qidirish
Yengil sanoat sohasi korxonalari moliyaviy sog‘lomlashtiriladi

Yengil sanoat sohasi korxonalari moliyaviy sog‘lomlashtiriladi

Yengil sanoat sohasi korxonalari moliyaviy sog‘lomlashtiriladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Mahalliy yengil sanoat korxonalarining xalqaro yetkazib berish zanjirlarida ishtirokini kengaytirish hamda tashqi bozorlarda o‘rnini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, to‘qimachilik korxonalarini iqtisodiy va moliyaviy ko‘rsatkichlaridan kelib chiqqan holda “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratish va ular faoliyatiga manzilli ko‘maklashish bo‘yicha korxonalarni qo‘llab-quvvatlash dasturi amalga oshiriladi.

Bunda quyidagilarga ruxsat beriladi:

korxonalarga tijorat banklari tomonidan 2 mln AQSH dollarigacha ular tomonidan xarid qilingan va to‘lovlari to‘liq amalga oshirilgan yoki o‘zi yetishtirgan xomashyoni garovga olgan holda Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi resurslari hisobidan kreditlar ajratishga;

sog‘lomlashtirish imkoniyati mavjud deb topilgan korxonalarning avval olgan tijorat kreditlari muddatini 7 yilgacha uzaytirib berishga;

paxta xomashyosi xaridi uchun jalb qilingan kreditlar bo‘yicha 2026–2027 yillarda to‘lov grafiklarida yanvar-fevral oylari uchun belgilangan to‘lovlarni kredit shartnomasiga asosan oxirgi 6 oyga teng taqsimlangan holda to‘lashga.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling