Valyuta kurslari 06/11/2025
$1 – 11970.67
UZS – 0,17%
€1 – 13748.31
UZS – 0,03%
₽1 – 147.59
UZS – -0,07%
Qidirish
Xitoyning Weichai Lovol kompaniyasi Farg'onada qishloq xo'jaligi texnikasi ishlab chiqarishga sarmoya kiritmoqda

Xitoyning Weichai Lovol kompaniyasi Farg'onada qishloq xo'jaligi texnikasi ishlab chiqarishga sarmoya kiritmoqda

Xitoyning Weichai Lovol kompaniyasi Farg'onada qishloq xo'jaligi texnikasi ishlab chiqarishga sarmoya kiritmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Xitoyning “Weichai Lovol Intelligent Agricultural Technology Co., LTD” kompaniyasi Farg‘onada qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun investitsiya kiritishga katta qiziqish bildirmoqda.

Bu haqida viloyat hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Akmaljon Po‘latov bilan Xitoy kompaniyasi boshqaruv raisi Sun Deming bilan o‘tgan uchrashuvda ma’lum qilindi.

Mazkur kompaniya Xitoydagi eng yirik agrar texnika ishlab chiqaruvchi kompaniyalardan biri bo‘lib, “Weichai Group” korporatsiyasi tarkibiga kiradi.

U qishloq xo‘jaligi sohasida yuqori texnologiyali, energiya tejamkor va intellektual yechimlar yaratishga ixtisoslashgan. Traktorlar, kombaynlar va hosil yig‘ish texnikalari, qishloq xo‘jaligi agregatlari ishlab chiqaradi. Shuningdek, raqamli boshqaruv tizimlari, GPS navigatsiyali texnikalar va avtomatlashtirilgan fermer xo‘jaligi platformalarini intellektual agrar yechim sifatida taqdim etadi.

Viloyat hokimligida o‘tgan uchrashuvda Xitoy kompaniyasi faoliyat turlaridan kelib chiqib Farg‘onada amalga oshirilishi rejalashtirilgan istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.

Akmaljon Po‘latov zamonaviy investitsion loyihalar viloyat hokimligi rahbariyati tomonidan doimo qo‘llab-quvvatlanishini ma’lum qildi. Kelgusidagi hamkorlik masalalari kelishib olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling