Valyuta kurslari 07/11/2025
$1 – 12022.92
UZS – 0,44%
€1 – 13843.19
UZS – 0,69%
₽1 – 148.14
UZS – 0,37%
Qidirish
Xitoy tajribasi asosida O‘zbekistonda ilk zamonaviy suv tozalash inshooti quriladi

Xitoy tajribasi asosida O‘zbekistonda ilk zamonaviy suv tozalash inshooti quriladi

Xitoy tajribasi asosida O‘zbekistonda ilk zamonaviy suv tozalash inshooti quriladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Xitoyning Qingyan Environmental Technology korxonasi sutkasiga 40 ming kub metr suvni tozalash quvvatiga ega bo‘lib, unda havo tozalash uskunalari ham mavjud.

Inshootda 4 ta texnologik zanjir ketma-ket bog‘langan bo‘lib, katta sanoat zonalari va bo‘yoqxonalardagi chiqindi suvlarni tozalash imkonini beradi. Loyiha Yevropa standartlariga to‘liq mos bo‘lib, chiqindi suvning 60 foizi qayta ishlanadi.

Tozalash jarayonida hosil bo‘ladigan shlam (loy) quritilib, elektr energiyasi ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Bu ekologiyaga zararni keskin kamaytiradi.

Loyiha davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladi. Xitoylik hamkorlar 15 yil davomida inshootni boshqarib, suvni tozalash, kimyoviy ishlov berish va xizmat ko‘rsatishni to‘liq o‘z zimmasiga oladi. Bir kub suvni tozalash xarajati 1–1,2 dollar atrofida.

Qurilish 8 oy ichida yakunlanishi kutilmoqda. Inshoot ishga tushgach, mahalliy to‘qimachilik korxonalari ekologik toza suvdan foydalanib, mahsulotlarini xalqaro standartlarga mos holda ishlab chiqarish imkoniga ega bo‘ladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling