Valyuta kurslari 10/03/2026
$1 – 12191.25
UZS – 0,13%
€1 – 14111.37
UZS – -0,28%
₽1 – 154.20
UZS – -0,57%
Qidirish
Uzum $130 mln investitsiyani Suveren fondidan oldi

Uzum $130 mln investitsiyani Suveren fondidan oldi

Uzum $130 mln investitsiyani Suveren fondidan oldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonning yetakchi raqamli platformasi Uzum strategik investitsiya raundini yakunladi va Sultonat Oman suveren fondlaridan 130 million AQSH dollaridan ortiq mablag‘ jalb qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Raund ishtirokchilari orasida kompaniyaning mavjud investorlari — VR Capital, Tencent va FinSight Ventures ham bor edi. Uzum kompaniyasining yangi bahosi $2,3 milliard darajasida belgilandi.

Jalb qilingan mablag‘lar kompaniya ekotizimining asosiy yo‘nalishlari — elektron savdo, raqamli bankchilik va to‘lov xizmatlarini rivojlantirishga yo‘naltiriladi.

Hozirda O‘zbekistonda 20 milliondan ortiq aholi har oy Uzum xizmatlaridan foydalanmoqda. Investitsiyalar texnologik infratuzilmani kengaytirish, raqamli xizmatlar imkoniyatlarini oshirish va mamlakat hududlarini qamrab olish imkonini beradi.

Bu raund xalqaro investorlarning O‘zbekiston raqamli bozoriga bo‘lgan qiziqishi o‘sib borayotganini tasdiqlaydi va Uzum kompaniyasini mamlakat innovatsion iqtisodiyotidagi yetakchi pozitsiyada yana-da mustahkamlaydi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling