Valyuta kurslari 30/05/2025
$1 – 12768.26
UZS – -0,49%
€1 – 14400.04
UZS – -0,98%
₽1 – 162.63
UZS – 0,97%
Qidirish
Dunyo 13/05/2025 Ukraina O‘zbekistondan uchta kompaniya va bir tadbirkorga nisbatan sanksiyalar joriy qildi

Ukraina O‘zbekistondan uchta kompaniya va bir tadbirkorga nisbatan sanksiyalar joriy qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya, Belarus, O‘zbekiston, Xitoy va Erondan bo‘lgan 58 nafar jismoniy va 74 ta yuridik shaxsga qarshi sanksiyalar joriy etish haqidagi farmonni imzoladi, deb xabar bermoqda Ukraina ommaviy axborot vositalari.

10 yil muddatga joriy qilingan sanksiyalar mashinasozlik, kimyo, metallurgiya va aviatsiya sanoati, shuningdek elektron texnika distributsiyasi sohalarida faoliyat yuritayotgan korxonalarga taalluqli.

Ushbu ro‘yxatga O‘zbekistondan uchta kompaniya — Mercury Renaissance, Raw Materials Cellulose va Farg‘ona kimyo zavodi (Farg‘ona Kimyo Zavodi) kiritilgan. Ushbu korxonalar paxta sellyulozasi ishlab chiqarish sohasida ixtisoslashgan.

Mercury Renaissance va uning docher kompaniyasi Farg‘ona Kimyo Zavodining ulushlari Rustam Rahimjanovich Muminov (60%) va Shahriyor Saxiyorovich Tojiyev (40%)ga tegishli. Raw Materials Cellulose esa Larisa Mixaylovna Utkina (76%) va Larisa Rahimjonova Bikova (24%)ga tegishli ekani qayd etilgan.

Rustam Muminov ham jismoniy shaxs sifatida sanksiyalar qo‘llangan shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan. Rasmiy hujjatda u O‘zbekiston va Rossiya fuqaroligiga egaligi ko‘rsatilgan.

Farg‘ona kimyo zavodi va Raw Materials Cellulose haqida maʼlumotlar «Vajniye istorii», Vlast.Kz va OCCRP hamda Rus Bi-bi-sining qo‘shma jurnalistik tergov ishlarida tilga olingan.

Materiallarda qayd etilishicha, ushbu korxonalar Rossiyaning porox zavodlariga paxta sellyulozasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki xususiy vositachilar orqali yetkazib berish bilan shug‘ullangan. Jurnalistlar maʼlum qilishicha, 2022 yilda Ukrainada urush boshlangandan keyin bu kabi yetkazib berish hajmi sezilarli darajada oshgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling