Valyuta kurslari 19/02/2026
$1 – 12132.48
UZS – -0,04%
€1 – 14360.00
UZS – -0,14%
₽1 – 159.09
UZS – 0,61%
Qidirish
Senatning Xalqaro ishlar qo'mitasi raisi Turkiy dunyo muhandislari va me'morlari ittifoqi rahbari bilan uchrashdi

Senatning Xalqaro ishlar qo'mitasi raisi Turkiy dunyo muhandislari va me'morlari ittifoqi rahbari bilan uchrashdi

Senatning Xalqaro ishlar qo'mitasi raisi Turkiy dunyo muhandislari va me'morlari ittifoqi rahbari bilan uchrashdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 18-fevral kuni Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi Alisher Agzamxodjayev Turkiy dunyo muhandislari va meʼmorlari uyushmasi raisi Ilyas Demirchi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda  shaharsozlik, arxitektura, muhandislik va qishloq xo‘jaligi sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, hamkorlikni rivojlantirish hamda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Xususan,  joriy yilning yanvar oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiya Respublikasiga amalga oshirgan rasmiy tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlar va loyihalarning ijrosini taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Suhbat doirasida muhandis va meʼmorlar o‘rtasida tajriba almashish, qo‘shma o‘quv dasturlari va malaka oshirish kurslarini tashkil etish  yuzasidan fikr almashildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling