Valyuta kurslari 30/05/2025
$1 – 12768.26
UZS – -0,49%
€1 – 14400.04
UZS – -0,98%
₽1 – 162.63
UZS – 0,97%
Qidirish
Iqtisod 15/05/2025 Turk Ilac Toshkent Pharma Park loyihasi doirasida 80 million doza inyeksiya ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

Turk Ilac Toshkent Pharma Park loyihasi doirasida 80 million doza inyeksiya ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov “Turk Ilac” MCHJ korxonasiga "Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri ishtirokchisi guvohnomasini taqdim qildi.

“Turk Ilac” MCHJ korxonasi "Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri hududida yangi loyiha doirasida, Inyeksiyalar (serum) ishlab chiqarish va 200 nafardan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratish rejalashtirgan. Yillik ish quvvati 80 mln. dona farmatsevtik inyeksiyalar ishlab chiqarish.

“Turk Ilac” MCHJ taʼsischisi "Turk Ilac ve Serum Sanayi A.S." kompaniyasi bo‘lib, Mehmet Berat Battal tomonidan 2010 yilda tashkil etilgan. Hozirgi kunda farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish zavodi maydoni 80 000 kv.m. hududni tashkil qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling