Tramp Mirziyoyevni G20 sammitiga taklif qildi
Tramp Mirziyoyevni G20 sammitiga taklif qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — AQSH prezidenti Donald Tramp O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Mayamida bo‘lib o‘tadigan G20 sammitiga taklif etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampdan maktub kelib tushdi.
Amerika rahbari o‘z maktubida O‘zbekiston rahbarining shu yilning fevral oyida bo‘lib o‘tgan Tinchlik Kengashining birinchi yig‘ilishidagi ishtirokini yuqori baholadi.
Maktubda Shavkat Mirziyoyev mamlakatni rivojlantirishda salmoqli natijalarga erishayotgani taʼkidlanib, shuningdek O‘zbekistonga tashrif buyurish bo‘yicha taklif uchun minnatdorlik bildirildi.
AQSH prezidenti o‘z navbatida o‘zbek yetakchisini Tinchlik kengashining navbatdagi yig‘ilishida, shuningdek Mayami shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan G20 sammitida ishtirok etishga taklif qildi.
Murojaat «Xudo siz va buyuk O‘zbekiston xalqini asrasin» degan so‘zlar bilan yakunlangan.
#Shavkat Mirziyoyev