Valyuta kurslari 06/11/2025
$1 – 11970.67
UZS – 0,17%
€1 – 13748.31
UZS – 0,03%
₽1 – 147.59
UZS – -0,07%
Qidirish
TBC Uzbekistan 9 oy ichida foydani 28 foizga va daromadni 87 foizga oshirdi

TBC Uzbekistan 9 oy ichida foydani 28 foizga va daromadni 87 foizga oshirdi

TBC Uzbekistan 9 oy ichida foydani 28 foizga va daromadni 87 foizga oshirdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) —  Markaziy Osiyodagi yetakchi raqamli bank ekotizimi TBC Uzbekistan 2025-yil 30-sentyabrda yakunlangan uch va to‘qqiz oylik MHXS bo‘yicha konsolidatsiyalangan moliyaviy natijalarini e’lon qildi.

TBC Uzbekistan 2025-yilning 3-choragi va 9 oyi davomida asosiy koʻrsatkichlar boʻyicha sezilarli oʻsishni namoyon qildi, bunga foydalanuvchilar bazasining kengayishi va O‘zbekistonda mahsulotlar qatorining davom etayotgan diversifikatsiyasi yordam berdi. Ekotizim mamlakatdagi eng yirik raqamli banklardan biri TBC Bank, yetakchi to‘lov ilovasi payme, jadal rivojlanayotgan muddatli to‘lov xizmati TBC Nasiya, raqamli sug‘urta xizmati TBC Sug‘urta hamda O‘zbekistonda chakana savdoni avtomatlashtirish yechimlari bo‘yicha yetakchi  SaaS-platforma BILLZ’ni o‘z ichiga oladi.

Ekotizim qamrovining ishonchli dinamikasi va kengayishi

2025-yilning birinchi to‘qqiz oyi davomida umumiy operatsion daromad 2,416 trillion so‘mgacha o‘sdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 87 foizga yuqori, sof foyda esa 28 foizga oshib, 439 milliard so’mni tashkil etdi. 2025-yil 30-sentyabr holatiga ko‘ra kredit portfeli 11,752 trillion so’mga, depozitlar hajmi esa 6,543 trillion so‘mga ko‘paydi.

Raqamli bank ekotizimining noyob foydalanuvchilari soni 21,8 million kishiga yoki 2024-yilning 9 oyi bilan solishtirganda 28 foizga oshdi. Oylik faol foydalanuvchilar soni o‘tgan yilga nisbatan 16 foizga oshib, 5,7 million kishiga yetdi.

Biznes uchun moliyaviy xizmatlar taklifining kengayishi natijasida, payme raqamli toʻlov xizmatidagi faol merchantlar soni oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 90 foizga oʻsdi va 13 200 taga yetdi. 2025-yil sentyabr oyida hamkorlar to‘lovlarni qabul qilish uchun 10 000 dan ortiq faol QR kodlardan foydalanishdi.

2025-yilning 3-choragida yakunlangan brend “salomatligi” bo‘yicha mustaqil tadqiqot natijalariga ko‘ra, TBC Bank taniqlilik darajasi bo‘yicha Toshkent shahrida 1-o‘rinni, O‘zbekiston bo‘yicha esa 3-o‘rinni egalladi.

Yangi ishga tushirilgan mahsulotlarga talab 2025-yilning 9 oyi davomida yuqoriligicha qoldi: 2025-yil 30-sentyabr holatiga koʻra, 723 mingdan ortiq Salom Card debet kartalari va 85 mingta Osmon Card kredit kartalari chiqarilgan.

Mijozlar orasida Salom Card juda mashhur boʻlib, kundalik bank operatsiyalari uchun asosiy vosita sifatida tobora koʻproq tanlanmoqda. Salom Card’ga boʻlgan talabning ortishi va undan faol foydalanish mijozlar jalb etilishini kuchaytiradi hamda ularga TBC'ning bir nechta mahsulotlaridan foydalanishga oʻtishi uchun koʻproq imkoniyatlar yaratadi.

Biznes kreditlari portfeli o‘tgan chorakka nisbatan 34 foizga o‘sdi, bu esa kichik va o‘rta biznesni kreditlashga va biznes mahsulotlarimizga bo‘lgan talabning yuqori ekanligini ko‘rsatadi. Biznes uchun keng qamrovli bank xizmatlarini ishlab chiqish orqali TBC Uzbekistan kichik va oʻrta biznes segmentida yaxshi qamrab olinmagan bo‘shliqni egallamoqda, bu esa mijozlarni jalb qilish va daromadni oshirishga yordam beradi.

Yil boshida ishga tushirilgan payme plus obunasi tobora ommalashib bormoqda: 2025-yil 30- sentyabr holatiga koʻra, uning oylik auditoriyasi 300 ming faol foydalanuvchini tashkil etdi. Avgust oyida keshbek joriy etilishi bilan xizmat yanada takomillashtirildi va undan 3-chorak yakuniga ko‘ra 67 ming obunachi foydalanib ulgurdi.

2025-yil avgust oyida  TBC Bank Group xalqaro texnologik investitsiya guruhi Prosusdan O‘zbekistondagi onlayn e’lonlar bozori yetakchisi OLX Uzbekistan aksiyalarining nazorat paketini sotib olishga kelishib oldi. Mamlakatdagi oltinchi eng koʻp tashrif buyuriladigan sayt (5,4 million oylik faol foydalanuvchilar va 2,2 million eʼlon joylashtirilgan) OLX Uzbekistan onlayn platformasi bilan kelishuv TBC Uzbekistan’ga yangi, tez rivojlanayotgan segmentga kirish, oʻz ekotizimida yangi sinergiyalarni amalga oshirish va mijozlarning faolligini oshirish imkonini beradi.

2025-yil sentyabr oyida TBC Uzbekistan O‘zbekiston norezidentlari uchun o‘z xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirdi, potensial mijozlar bazasini ko‘paytirdi va yuqori malakali xorijiy mutaxassislar, talabalar va tadbirkorlarning moliyaviy integratsiyasi uchun yangi imkoniyatlar yaratdi.

Hisobot davrida TBC Bank Group chakana savdoni avtomatlashtirish bo‘yicha mamlakatning yetakchi SaaS platformasi bo‘lgan BILLZ aksiyalarining nazorat paketini sotib olishni yakunladi. BILLZning TBC Uzbekistan ekotizimiga integratsiyalashuvi allaqachon boshlangan: birinchi qadam savdo hamkorlari uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri BILLZ interfeysida kredit olish imkoniyati bo‘ladi. Yaqin kelajakda SaaS platformasida boshqa biznes mahsulot va xizmatlari ham namoyish etiladi, bu esa mijozlarning faolligini hamda ushbu muhim segmentdagi daromadlarni oshirishga yordam beradi.

TBC Uzbekistan o‘z biznesining barcha yo‘nalishlarida sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarini keng ko‘lamda joriy etishda davom etdi. 2025-yil 30-sentyabr holatiga ko‘ra, o‘z nutq texnologiyalari va katta til modellari (LLM) asosida ishlaydigan SI-agentlar kredit kechikishining dastlabki bosqichida mijozlarga qilinadigan eslatuvchi qo‘ng‘iroqlarning 90 foizini amalga oshirgan bo‘lsa, savdo bo‘yicha SI-bot oyiga 100 mingdan ortiq mijoz bilan muloqot qildi. Savdo chat-botining muvaffaqiyatiga tayanib, TBC Uzbekistan o‘zining birinchi ovozli savdo botini ham ishga tushirdi va 2025-yilning 4-choragida “Friends and Family” rejimidagi ilovada SI yordamchisini taqdim etishga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Nika Kurdiani, CEO TBC Uzbekistan: “TBC Uzbekistan ekotizimi 3-chorakda o‘zining kuchli o‘sish sur’atini saqlab qoldi va yana ajoyib natijalarni ko‘rsatib, chakana hamda biznes mijozlari uchun takliflarini kengaytirishda davom etdi.

Mahsulotlarimizga bo‘lgan yuqori qiziqish, xususan, Salom Cardga bo‘lgan talab ortib borayotganini ko‘rishdan mamnunmiz. Mijozlarning tobora ko‘prog‘i uni kundalik bank operatsiyalari uchun asosiy vosita sifatida tanlamoqda. Mijozlarning faolligi ortishi tufayli Salom Card mamlakatdagi yetakchi kundalik bank yechimlaridan biriga aylanish salohiyatiga ega.

Biznes uchun bank xizmatlarini faol rivojlantirish bizning asosiy strategik ustuvor vazifalarimizdan biridir. Kichik va oʻrta biznes segmenti Oʻzbekistonda iqtisodiy oʻsishning asosiy omillaridan biri boʻlsa-da, unga bank xizmatlari yetarli darajada xizmat koʻrsatmaydi. Biz TBC Bank, payme va BILLZ platformasini birlashtirgan TBC Business raqamli xizmatida biznes mahsulotlarimizga talab ortib borayotganini va muhim sinergiya imkoniyatlarini ko‘rmoqdamiz. BILLZ bilan hamkorligimiz doirasida biz savdo hamkorlarimiz uchun bank xizmatlarining to‘laqonli ekotizimini yaratib, biznes-banking mahsulotlarimizni ularning platformasiga integratsiyalashni boshladik. Shuninkdek, payme xizmati hamkorlari soni sezilarli darajada oshganini ham qayd etamiz. Birgalikda ushbu komponentlar biznes uchun bank xizmatlarimizni yanada rivojlantirishda ulkan salohiyatni taqdim etadi.

Bizning AI-bank xizmatlariga oʻtishimiz tez surʼatlar bilan davom etmoqda. Biz samaradorlik va mijozlar ehtiyojini qondirishda sezilarli yaxshilanishlarga erishdik va endi keyingi bosqichga o‘tmoqdamiz — yil oxirigacha ilova uchun virtual yordamchini ishga tushiramiz.

Shuningdek, TBC’ning Toshkentda taniqlilik bo‘yicha 1-raqamli, mamlakat bo‘yicha 3-raqamli bank brendiga aylanganidan juda faxrlanamiz. Bu mijozlarimizning bizga bo‘lgan ishonchi va odamlar hayotini yengillashtiradigan qulay, innovatsion moliyaviy yechimlarni yaratish bo‘yicha mehnatimiz natijasidir”.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling