Valyuta kurslari 09/01/2026
$1 – 12109.02
UZS – 0,63%
€1 – 14139.70
UZS – 0,56%
₽1 – 150.31
UZS – 0,68%
Qidirish
Tadbirkorlar Yandex Maps'da mobil qurilmalar orqali profil yaratish va uni boshqarishning oddiy usuliga ega bo‘lishdi

Tadbirkorlar Yandex Maps'da mobil qurilmalar orqali profil yaratish va uni boshqarishning oddiy usuliga ega bo‘lishdi

Tadbirkorlar Yandex Maps'da mobil qurilmalar orqali profil yaratish va uni boshqarishning oddiy usuliga ega bo‘lishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Yandex Maps mobil ilovasida tashkilotlar profillarini yaratish va tahrirlash imkoniyati paydo bo‘ldi. Yangilanish tufayli geoxizmatning millionlab faol foydalanuvchilari uchun biznesning xaritalardagi ko‘rinishini oshirish ancha osonlashadi.

So‘rovnomalarga ko‘ra*, O‘zbekiston aholisining 36 foizi xaritalar xizmatlaridan kamida oyiga bir marta foydalanadi, 65 foizi esa xaritalardan joylarni qidirish uchun foydalanadi.

Endi biznes egalari smartfon orqali o‘z tashkilotini osongina xaritaga qo‘shishlari mumkin. Profilni sozlash jarayonida biznes toifasini to‘g‘ri tanlash muhim — bu potensial mijozlar tomonidan topilish ehtimolini oshiradi.

Mobil qurilma orqali quyidagi asosiy ma’lumotlarni tahrirlash mumkin: manzil, telefon raqami, veb-sayt, ish vaqti va ijtimoiy tarmoqlarga havolalar; shuningdek, foto, video va logotiplarni yuklash hamda fikr-mulohazalarga javob berish orqali mijozlar bilan bevosita muloqot qilish imkoni mavjud. Profildagi barcha faolliklar haqida push-xabarnomalar va elektron pochtaga xatlar yuborilishi yangi izohlardan tezkor xabardor bo‘lish va ularga javob berish imkonini beradi.

Agar kompaniya allaqachon Yandex Maps'da mavjud bo‘lsa, profilni boshqarish huquqini olish juda oson — video yoki SMS orqali verifikatsiyadan o‘tish kifoya. Profilini doimiy ravishda yangilab boradigan kompaniyalar «Egasi tomonidan tasdiqlangan» belgisi bilan belgilanadi.

Yandex Maps ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning o‘zida O‘zbekistonda verifikatsiyadan o‘tgan tashkilotlar soni ikki barobarga oshgan.

*Yandex Uzbekistan tomonidan o‘tkazilgan onlayn so‘rovnoma ma’lumotlari. 18 yoshdan yuqori internet foydalanuvchilari, O‘zbekiston Respublikasi. So‘rovnoma 2025 yil avgust oyida o‘tkazilgan, ishtirokchilar soni — 1000 nafar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling