Valyuta kurslari 25/08/2025
$1 – 12357.09
UZS – -0,46%
€1 – 14330.52
UZS – -0,95%
₽1 – 153.49
UZS – -0,88%
Qidirish
O‘zbekiston 25/08/2025 Surxondaryoda 140 milliard so‘mga ekoturizm majmuasi quriladi

Surxondaryoda 140 milliard so‘mga ekoturizm majmuasi quriladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Surxondaryo viloyatida tog‘li rekretsion hududlar, suv omborlari, ko‘llar va daryo sohillari imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda tabiatga ziyon yetkazmagan holda ekoturizmni rivojlantirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Qumqo‘rg‘on tumanida joylashgan "Janubiy Surxon suv ombori" hududida umumiy maydoni 15,7 gektar bo‘lgan, qiymati 140 mlrd so‘mlik ekoturizm kompleksi qurilishi rejalashtirilgan. Loyiha doirasida tabiiy muhitni asrab-avaylash, yangi yashil maydonlar tashkil etish, ekologik talablarga mos yo‘l va infratuzilmalar barpo etish hamda oqova suvlarni tozalash tizimini joriy qilish nazarda tutilgan.

Viloyat hokimi taklif va tavsiyalar asosida takomillashtirilgan loyiha taqdimoti bilan tanishdi. Hudud ko‘zdan kechirilib, qurilish ishlarini tizimli va bosqichma-bosqich amalga oshirish, belgilangan talablar asosida qisqa muddatlarda boshlash vazifalari topshirildi.

Shuningdek, sobiq "Surxon kombinati" MCHJga tegishli, hozirda tijorat banklari balansidan joy olgan foydalanilmayotgan binolarda temir-beton klasteri tashkil etish masalasi ham muhokama qilindi. Bo‘sh binolarni aniq loyiha va investitsiya talablari bilan auksionga chiqarish chora-tadbirlari belgilab berildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling