Valyuta kurslari 18/09/2025
$1 – 12254.27
UZS – -0,25%
€1 – 14516.41
UZS – 0,01%
₽1 – 147.89
UZS – -0,49%
Qidirish
Sum mustaxkamlanishni davom ettirmokda

Sum mustaxkamlanishni davom ettirmokda

Sum mustaxkamlanishni davom ettirmokda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil 18 sentyabr holatiga ko‘ra, o‘zbek so‘mi AQSH dollariga nisbatan mustahkamlanishni davom ettirdi. Amerika valyutasi 12 249 so‘m darajasida mustahkamlandi.

Bu so‘mning bir hafta ichida 0,86 foizga qimmatlashganini anglatadi. Bir hafta o‘sish atigi 0,04 foizni tashkil etgan bo‘lsa, undan oldingi haftalarda 0,32 va 0,40 foizdan qayd etilgan edi. Joriy mustahkamlanish to‘lqini noodatiy tarzda rivojlanmoqda: avvalo u Rossiya rublining keskin qadrsizlanishi hisobiga qo‘llab-quvvatlangan bo‘lsa, keyinchalik ichki omillar — eng avvalo oltin eksportidan tushumlarning o‘sishi hisobiga yana-da kuchaydi.

O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun bu asosiy drayverga aylandi: mamlakat eksport tushumlarining deyarli uchdan bir qismi qimmatbaho metall hissasiga to‘g‘ri keladi. Oltin qiymatining ko‘tarilishi valyuta tushumini oshirdi va dollar kursini so‘nggi ikki yildagi eng past ko‘rsatkichga tushirdi. Importyorlar va isteʼmolchilar uchun bunday “oltin” ralli foydali, chunki import arzonlashadi. Biroq eksportchilar uchun bu maʼlum xatarlarni keltirib chiqaradi: ortiqcha mustahkam so‘m mahalliy mahsulotning jahon bozorlaridagi raqobatbardoshligini pasaytiradi.

Oltindan tushgan qo‘shimcha daromadlarni zaxiralarga yo‘naltirish maqsadga muvofiq hisoblanadi, ularni joriy isteʼmol uchun ishlatish esa tavsiya etilmaydi. Aks holda, kursga teskari bosim va inflyatsiyaning tezlashishi xavfi saqlanib qoladi. So‘mning uzoq muddatli barqarorligi faqat tuzilmaviy islohotlar, iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish va ortiqcha daromadlarni boshqarishning shaffof mexanizmlarini yaratish orqali taʼminlanishi mumkin.

Kutilishicha, dollar-so‘m juftligi yaqin haftada 12 100–12 600 so‘m oralig‘ida saqlanib qoladi.

Anna Bodrova, Alpari tahlilchisi

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling