Senatda TurkPA Bosh kotibi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Senatda TurkPA Bosh kotibi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Bugun, 12-dekabr kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Turkiy davlatlar Parlament Assambleyasi (TurkPA) Bosh kotibi Ramil Hasan bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va TurkPA o‘rtasidagi hamkorlikni, shuningdek, Turkiy davlatlar tashkiloti va turkiy dunyoning boshqa ixtisoslashgan institutlari doirasidagi aloqalarni yana-da kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.
O‘zbekistonning faoliyati turkiy tilli xalqlarning madaniy merosini saqlash va ommalashtirishga qaratilgan TURKSOY xalqaro tashkilotidagi ishtiroki yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston parlamenti aʼzolarining TURKPA doirasidagi samarali faoliyati alohida taʼkidlandi. Oliy Majlis palatalari delegatsiyalari Assambleyaning yalpi majlislari, sohaga oid komissiyalar yig‘ilishlari va forumlarida muntazam ishtirok etadi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha turkiy tilli davlatlar parlamentlari o‘rtasidagi hamkorlikni yana-da mustahkamlash, shuningdek, TurkPA doirasida o‘tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.