Valyuta kurslari 07/11/2025
$1 – 12022.92
UZS – 0,44%
€1 – 13843.19
UZS – 0,69%
₽1 – 148.14
UZS – 0,37%
Qidirish
"Samarqand — Astana" yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov yo‘lga qo‘yildi

"Samarqand — Astana" yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov yo‘lga qo‘yildi

"Samarqand — Astana" yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov yo‘lga qo‘yildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Samarqand xalqaro aeroportiga Astana shahridan uchgan yo‘lovchi samolyot kelib qo‘ndi.

Birinchi aviareys kelishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda Qozog‘istonning Samarqanddagi Bosh konsuli, "Air Marakanda" kompaniyasi vakillari ishtirok etdi.

Samarqand xalqaro aeroportida birinchi bo‘lib ro‘yxatdan o‘tgan yo‘lovchiga "QAZAQ AIR" aviakompaniyasi tomonidan bepul aviachipta sertifikati, "Air Marakanda" kompaniyasi tomonidan esa CIP-zalga bepul kirish huquqi hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Astanaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarning yo‘lga qo‘yilishi aeroportning xalqaro marshrutlar tarmog‘ini kengaytirish yo‘lidagi muhim qadam, - deydi Qozog‘istonning Samarqanddagi Bosh konsuli Talgat Sharipov. - Shuningdek, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi turistik hamda biznes aloqalarini yanada rivojlantirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.

"Samarqand–Astana" yo‘nalishidagi parvozlar haftasiga ikki marta — juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling