Rossiyada chet elliklarni legallashtirish muddati 10 sentyabrgacha uzaytirildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Rossiya Prezidenti Vladimir Putin mamlakatda noqonuniy ravishda bo‘lib turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar 2025 yil 10 sentyabrgacha huquqiy maqomini rasmiylashtirishi yoki mamlakat hududini tark etishi shartligi haqidagi muddatni uzaytirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
2024 yil dekabrida qabul qilingan avvalgi farmonga ko‘ra, migrantlarga legallashish yoki chiqib ketish uchun 2025 yil 30 apreligacha muhlat berilgan edi.
Imzolangan farmonlardan biri, shuningdek, “nazoratdagi shaxslar reyestri” orqali migrantlarni ro‘yxatga olish mexanizmni joriy etmoqda. Bu chora mamlakatda noqonuniy asosda bo‘lib turgan chet ellik fuqarolarga taalluqlidir.
Bunday shaxslar, shu jumladan fuqaroligi yo‘q shaxslar haqidagi maʼlumotlar reyestrga ular chegarani noqonuniy kesib o‘tgan, vizasi yoki yashash guvohnomasi bekor qilingan paytdan boshlab kiritiladi.
Bundan tashqari, 2025 yil 5 fevraldan Rossiyada noqonuniy migrantlarni mamlakatdan chiqarib yuborish bo‘yicha maxsus tartib kuchga kirgan. Bu tartib, jumladan, Rossiya Ichki ishlar vazirligiga sud qarorisiz ham migrantlarni deportatsiya qilish imkonini beradi. Ilgari bunday vakolat faqat sud va chegara xizmatiga tegishli edi.