Valyuta kurslari 15/01/2026
$1 – 12001.71
UZS – -0,38%
€1 – 13984.39
UZS – -0,56%
₽1 – 152.87
UZS – -0,27%
Qidirish
Quvayt kompaniyasi Toshkentda inyeksion va onkologik preparatlar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

Quvayt kompaniyasi Toshkentda inyeksion va onkologik preparatlar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

Quvayt kompaniyasi Toshkentda inyeksion va onkologik preparatlar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil 13 yanvar kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov hamda Quvaytning «Burgan International» kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

«Burgan International» kompaniyasi 1993 yilda tashkil etilgan bo‘lib, neft, energetika va infratuzilma loyihalari sohasida faoliyat yurituvchi xalqaro pudratchi va ishlab chiqaruvchi kompaniya hisoblanadi. Kompaniyaning jami aktivlari 8 mlrd AQSH dollarini tashkil etadi.

Uchrashuv davomida kompaniya tomonidan «Tashkent Pharma Park» farmatsevtika klasteri hududida inyeksion hamda onkologiya yo‘nalishidagi dori vositalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yirik quvvatdagi ishlab chiqarish korxonasini tashkil etish taklifi bildirildi. Loyihani amalga oshirish bo‘yicha belgilangan bosqichlar yuzasidan maʼlumot berildi.

Investitsion salohiyat taqdimoti doirasida agentlik direktori O‘zbekistondagi amaldagi qonunchilik, soliq imtiyozlari hamda «Tashkent Pharma Park» klasteri hududida yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishtirib, rejalashtirilayotgan loyiha kompaniya uchun MDH davlatlari bozoriga chiqish imkoniyatini yaratishini hamda uning strategik ahamiyatini taʼkidladi.

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni rivojlantirishga va agentlik har tomonlama ko‘mak ko‘rsatishga tayyor ekanini bildirib, muzokaralarni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling