Valyuta kurslari 27/01/2026
$1 – 12098.12
UZS – 0,11%
€1 – 14353.21
UZS – 1,2%
₽1 – 158.64
UZS – -0,42%
Qidirish
Qoraqalpog‘istondagi “Mo‘ynoq” konida yuqori bosimli gazning sanoat miqyosidagi oqimi qayd etildi

Qoraqalpog‘istondagi “Mo‘ynoq” konida yuqori bosimli gazning sanoat miqyosidagi oqimi qayd etildi

Qoraqalpog‘istondagi “Mo‘ynoq” konida yuqori bosimli gazning sanoat miqyosidagi oqimi qayd etildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan “Mo‘ynoq” gazkondensat konida 11-sonli quduqdan yuqori bosimli tabiiy gazning sanoat miqyosidagi oqimi olindi. Obyektdagi ishlar 4 700 metr chuqurlikda yakunlangan. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” xabar berdi.

Kompaniya maʼlumotlariga ko‘ra, 2026 yil 23 yanvar kuni o‘tkazilgan sinovlar jarayonida 4 542–4 549 metr hamda 4 551–4 558 metr chuqurliklarda joylashgan mahsuldor qatlamlarda yuqori bosimli gaz oqimi aniqlangan.

Ayni paytda quduqni yer usti inshootlari bilan jihozlash ishlari olib borilmoqda. Ushbu ishlar tugallangach, qazib olingan gaz isteʼmolchilarga yetkazib berila boshlaydi. Avvalroq “Mo‘ynoq” koni yaqinida joylashgan «Shag‘irlik – quyi yura» nomli 2-sonli qidiruv qudug‘ida ham tabiiy gazning sanoat miqyosidagi oqimi olingan edi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling