Valyuta kurslari 05/03/2026
$1 – 12179.81
UZS – -0,25%
€1 – 14139.54
UZS – -0,22%
₽1 – 156.73
UZS – -0,51%
Qidirish
Qonunchilik palatasida Bangladesh elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Qonunchilik palatasida Bangladesh elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Qonunchilik palatasida Bangladesh elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Spiker N.Ismoilovning Bangladesh Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi M.Islam bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Suhbat avvalida mehmon tomoniga yangi tahrirdagi Konstitutsiya va “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi doirasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, Qonunchilik palatasi faoliyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Elchi samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirar ekan, Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida so‘nggi yillarda O‘zbekiston tez sur’atlarda rivojlanayotgani va ko‘pgina xalqaro tadbirlar markaziga aylanganligini alohida qayd etdi.

Konstruktiv ruhda o‘tgan uchrashuvda ikki mamlakat parlamentlari o‘rtasidagi aloqalarni yanada faollashtirish masalalari muhokama qilindi.

Elchi O‘zbekiston va Bangladesh o‘rtasidagi parlamentlararo hamkorlikning o‘rnatilishi ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarishda muhim yo‘nalishlardan biri ekanini alohida ta’kidladi. Shu ma’noda, O‘zbekistonda “O‘zbekiston — Bangladesh” parlamentlararo do‘stlik va hamkorlik guruhining tuzilganini yuqori baholadi.

Uchrashuv ochiq va do‘stona ruhda o‘tdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling