Valyuta kurslari 03/12/2024
$1 – 12838.33
UZS – -0,11%
€1 – 13498.22
UZS – -0,52%
₽1 – 119.70
UZS – 0,6%
Qidirish
O‘zbekiston 13/11/2024 Epitsentr Afg‘onistonda bo‘lgan yer silkinishi Surxondaryo viloyatida ham sezildi

Epitsentr Afg‘onistonda bo‘lgan yer silkinishi Surxondaryo viloyatida ham sezildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda ham sezildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligining Respublika Seysmoprognostik monitoringi markazi xabar berdi.

Markaz ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila 13-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 10:13 (Grinvich vaqti bilan 05:13) da sodir bo‘lgan.

Zilzila epitsentri Afg‘onistonda joylashgan bo‘lib, uning koordinatalari 36,4° shimoliy kenglikda va 71,2° sharqiy uzunlikda bo‘lgan.

Zilzila kuchi 5,8 magnitudani, chuqurligi esa 100 kmni tashkil qilgan. Zilzila o‘chog‘idan Toshkentgacha bo‘lgan masofa janubi-sharqiy yo‘nalishda 568 km.

Surxondaryo viloyatida zilzila kuchi 2 ballni (zilzila markazidan 362 km uzoqlikda) tashkil etdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling