Pensilvaniyada O‘zbekiston fuqarolari qo‘lga olindi

Pensilvaniyada O‘zbekiston fuqarolari qo‘lga olindi

Pensilvaniyada O‘zbekiston fuqarolari qo‘lga olindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — AQSHning Pensilvaniya shtatida Immigratsiya va bojxona nazorati xizmati — ICE xodimlari tomonidan 13 nafar shaxs qo‘lga olindi, ular orasida O‘zbekistondan chiqqan fuqarolar ham bor.

Hodisa Armstrong okrugida, PennDOT Driver License Center yaqinida joylashgan haydovchilik guvohnomasi berish markazi oldida sodir bo‘lgan. Kittenning shahridagi mazkur muassasa huzurida ko‘p sonli odamlar to‘plangani haqida mahalliy aholidan xabar kelib tushgach, AQSH Ichki xavfsizlik vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, huquqni muhofaza qiluvchi organlar voqea joyiga yetib kelgan.

Xodimlar kelganidan so‘ng qo‘lga olish ishlari boshlangan. Idorada maʼlum qilishlaricha, ushlanganlar orasida O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Turkmaniston fuqarolari bo‘lib, ular AQSH hududida yashashga ruxsatsiz bo‘lgan.

Maʼlum qilinishicha, ushlanganlardan biri qarshilik ko‘rsatib, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimiga hujum qilgan.

AQSH hokimiyatlari mazkur holat yuzasidan tekshiruv ishlarini davom ettirmoqda.

 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling