Oʻzbekiston va Xitoy sarmoyaviy alyans va qoʻshma korxonalarni qoʻllab-quvvatlash markazini tashkil etish masalalarini muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 8-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Ilzat Kasimov O‘zbekistondagi Xitoy tadbirkorlari uyushmasi raisi Lyu Yu bilan uchrashdi.
Uyushma O‘zbekistonda muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan qurilish, muhandislik, qishloq xo‘jaligi, energetika va telekommunikatsiya sohalaridagi 100 dan ortiq xitoy kompaniyalarini birlashtiradi.
Muzokaralar davomida O‘zbekiston–Xitoy qo‘shma korxonalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Kompleks markaz tashkil etish, O‘zbekiston sanoat zonalariga investitsiyalarni jalb qilish markazini tuzish, Xitoyda investitsiya yo‘l xaritalari (road-show)ni tashkil etish hamda O‘zbekiston–Xitoy investitsiya alyansini shakllantirish tashabbuslari muhokama qilindi.
Mazkur tashabbuslarning amalga oshirilishi sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish va zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.