Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Oʻzbekiston va Ummon kosmosda hamkorlik qilishga kelishib oldilar
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Uzcosmos axborot agentligi xabar berishicha, Oʻzbekiston va Ummon kosmosda hamkorlik qilishga kelishib oldilar.
Uzcosmos vakillari Ummon Sultonligi Transport, aloqa va axborot texnologiyalari vazirligi, OmanLens va Mars Development and Investments kompaniyalarida uchrashuvlar o'tkazishdi.
Unda investitsion loyihalardagi ishtirok, kichik sun’iy yo‘ldoshlar, laboratoriyalar, yer usti stansiyalari, yerni masofadan zondlash va ta’lim dasturlari yo‘nalishlarida hamkorlik qilish imkoniyatlari muhokama etildi.