Oʻzbekiston va Tojikiston sanoat hamkorligini rivojlantirmoqda
Oʻzbekiston va Tojikiston sanoat hamkorligini rivojlantirmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 24-mart kuni Toshkentda ISSV rahbari Laziz Kudratov va Tojikiston Respublikasi Sanoat va yangi texnologiyalar vaziri Sherali Kabir o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar davomida metallurgiya, agrosanoat sektori, elektrotexnika va to‘qimachilik tarmoqlari, qurilish materiallari ishlab chiqarish, farmatsevtika va boshqa yo‘nalishlardagi qo‘shma tashabbuslarning amalga oshirilishi muhokama qilindi.
Ikki davlat hududlarida qo‘shma sanoat ob’ektlarini qurish ishlarini boshlash va ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha aniq navbatdagi qadamlar kelishib olindi.
2025-yilda mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 30 foizlik o‘sish bilan $912,3 mlnni tashkil etdi, shundan eksport – $683 mln va import – $229,3 mln. Bugungi kunda ikki davlat hududida 500 dan ortiq qo‘shma korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda: O‘zbekistonda Tojikiston kapitali ishtirokida – 386 ta, Tojikistonda esa O‘zbekiston kapitali ishtirokida – 116 ta korxona mavjud.