Oʻzbekiston va Tojikiston 60 ga yaqin universitet shartnomalarini imzoladilar
Oʻzbekiston va Tojikiston 60 ga yaqin universitet shartnomalarini imzoladilar
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Dushanbe shahrida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston va Tojikiston oliy taʼlim muassasalari rektorlarining III forumi doirasida ikki mamlakat universitetlari oʻrtasida keng koʻlamli hamkorlikni nazarda tutuvchi qator hujjatlar imzolandi.
Forum davomida talabalar va professor-oʻqituvchilar almashinuvini rivojlantirish, qoʻshma taʼlim dasturlarini tashkil etish, ilmiy tadqiqotlarni birgalikda amalga oshirish hamda akademik mobillikni kengaytirishga qaratilgan 60 dan ortiq shartnoma, kelishuv va memorandumlar qabul qilindi.
Imzolangan hujjatlar ikki davlatning yetakchi oliy taʼlim tashkilotlari oʻrtasida taʼlim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.
Xususan, oliygohlar oʻrtasida talabalar va oʻqituvchilar almashinuvini yoʻlga qoʻyish, qoʻshma ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, akademik mobillik dasturlarini amalga oshirish, xalqaro konferensiyalar va ilmiy anjumanlarni birgalikda tashkil etish kabi masalalarni qamrab oladi.