Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni oʻzaro hamkorlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qilishdi
Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni oʻzaro hamkorlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qilishdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Saudiya Arabistoni Qirolligi tashqi ishlar vaziri shahzoda Faysal bin Farxon Ol Saud bilan telefon orqali suhbatlashdi.
Tomonlar Ramazon hayiti munosabati bilan tabriklar almashishdi, tinchlik, farovonlik va musulmon hamjamiyatining barqaror rivojlanishi tilaklarini bildirishdi.
Suhbat davomida Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish va izchil mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Bundan tashqari, vazirlar Yaqin Sharqdagi hozirgi vaziyat boʻyicha fikr almashishdi, mintaqada tinchlik va barqarorlikni taʼminlash hamda barcha masalalarni faqat siyosiy va diplomatik yoʻllar bilan hal qilish zarurligini taʼkidladilar.