Valyuta kurslari 30/10/2025
$1 – 11990.53
UZS – -0,12%
€1 – 13959.38
UZS – -0,24%
₽1 – 150.71
UZS – 0,33%
Qidirish
Oʻzbekiston va Osiyo taraqqiyot banki hamkorlikning yangi yoʻnalishlarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Osiyo taraqqiyot banki hamkorlikning yangi yoʻnalishlarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Osiyo taraqqiyot banki hamkorlikning yangi yoʻnalishlarini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 27-oktabr kuni Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Markaziy va G‘arbiy Osiyo departamenti Operatsiyalarni muvofiqlashtirish departamentining mintaqaviy rahbari Yesper Klindt Petersen hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri maslahatchisi Jasur Karshibayev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda OTBning O‘zbekistondagi doimiy vakolatxonasining operatsiyalar bo‘yicha rahbari Mirzo Iskandar Gulamov, OTBning operatsiyalar bo‘yicha bosh mutaxassisi Shaista Husseyn hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining mas’ul vakillari ishtirok etdi.

Muloqot davomida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, amalga oshirilayotgan loyihalarning samaradorligini oshirish hamda kelgusidagi hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan muhokamalar olib bordi.

Shuningdek, uchrashuvda tomonlar kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan rejalar va hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, mamlakatimizda investitsiya loyihalarini amalga oshirishda yangi tashabbuslarni ilgari surish bo‘yicha fikr almashdi.

Muzokaralar yakunida tomonlar fikrlar almashinuvi jarayonlarini kengaytirish hamda hamkorlikda tizimli va samarali faoliyat olib borishga kelishib oldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling