Oʻzbekiston va O‘mon transport va logistika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi
Oʻzbekiston va O‘mon transport va logistika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yil 15–17-fevral kunlari O‘mon Sultonligi Transport, aloqa va axborot texnologiyalari vaziri o‘rinbosari Xamis Al-Shammaxiy boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida 16-fevral kuni transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov Ummonlik hamkasbi Xamis Al-Shammaxiy boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda tomonlar transport va logistika sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish bilan bog‘liq jihatlarni muhokama etishdi. Xususan, tomonlar O‘zbekiston – Turkmaniston – Eron – O‘mon transport koridorining barcha ishtirokchilari bilan "Ashxobod kelishuvi" doirasidagi hamkorlik hamda fuqaro aviatsiyasi sohasidagi aloqalarni kengaytirish masalalarini muhokama etishdi.
Shuningdek, O‘mon Sultonligining Salala, Sohar va Duqm portlari orqali yuk tashish imkoniyatlarini kengaytirish, multimodal logistika yo‘nalishlarini rivojlantirish hamda o‘zaro savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi.