Oʻzbekiston va Italiya migratsiya sohasidagi hamkorlikning yangi bosqichini belgilab oldilar
Oʻzbekiston va Italiya migratsiya sohasidagi hamkorlikning yangi bosqichini belgilab oldilar
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Migratsiya agentligi rahbari Behzod Musayev va Italiyaning Toshkentdagi yangi tayinlangan Elchisi Gvido De Sanktis o‘rtasida konstruktiv muloqot bo‘lib o‘tdi.
Unda ikki davlat o‘rtasida migratsiya sohasida amalga oshirilayotgan mavjud loyihalarning keyingi bosqichlari hamda yaqin istiqbolda rejalashtirilayotgan tashabbuslar atroflicha ko‘rib chiqildi.
Elchi Gvido De Sanktis — Italiyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislarni kasbiy va til jihatdan tayyorlash maqsadida Italyan maktablarini ishga tushirishda hamkorlikka to‘liq tayyor ekanliklarini bildirdi.
Shuningdek, uchrashuvda hamyurtlarimizni Italiyadagi mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlariga qonuniy va tizimli ravishda jalb etish masalasi muhokama qilinib, ushbu yo‘nalishda aniq amaliy rejalar ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.