Valyuta kurslari 07/11/2025
$1 – 12022.92
UZS – 0,44%
€1 – 13843.19
UZS – 0,69%
₽1 – 148.14
UZS – 0,37%
Qidirish
Oʻzbekiston Pekinda boʻlib oʻtgan seminarda “Yangi Toshkent” loyihasini taqdim etdi

Oʻzbekiston Pekinda boʻlib oʻtgan seminarda “Yangi Toshkent” loyihasini taqdim etdi

Oʻzbekiston Pekinda boʻlib oʻtgan seminarda “Yangi Toshkent” loyihasini taqdim etdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahrida “Xitoy – Markaziy Osiyo qurilish vazirlari konferensiyasi” doirasida "Sifatli uy-joy qurilishi va ekologik, qulay hamda aqlli shaharlar texnologiyalari" mavzusidagi texnologik seminar bo‘lib o‘tdi.

Ushbu muhim anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Sherzod Hidoyatov ham ishtirok etdi. Tadbir doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Xitoy Xalq Respublikasining qurilish sohasidagi davlat organlari rahbarlari, yetakchi mutaxassislar hamda xalqaro ekspertlar ishtirokida soha rivojiga doir dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Seminarda qurilishda innovatsion texnologiyalarni joriy etish, energiya tejamkor va ekologik barqaror binolar qurish, “aqlli shahar” konsepsiyasini amaliyotga tatbiq etish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha ilg‘or tajribalar taqdim etildi.

O‘zbekiston delegatsiyasi tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan "Yangi Toshkent" loyihasi haqida taqdimot o‘tkazildi. Zamonaviy shaharsozlik konsepsiyasi asosida barpo etilayotgan mazkur loyiha ishtirokchilarning katta qiziqishi va e’tirofiga sazovor bo‘ldi.

Shu bilan birga Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida qurilish materiallari sanoati, arxitektura, muhandislik va innovatsion yechimlar sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

Bunday uchrashuv va muloqotlar mintaqa mamlakatlari o‘rtasida tajriba almashish, yangi texnologiyalarni joriy etish hamda barqaror, qulay va aqlli shaharlar qurish sari muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling