Valyuta kurslari 26/09/2025
$1 – 12199.71
UZS – -0,16%
€1 – 14328.56
UZS – -0,35%
₽1 – 146.09
UZS – 0,08%
Qidirish
O‘zbekiston va Qozog‘iston bank firibgarligiga qarshi birgalikda kurashishga kelishib oldi

O‘zbekiston va Qozog‘iston bank firibgarligiga qarshi birgalikda kurashishga kelishib oldi

O‘zbekiston va Qozog‘iston bank firibgarligiga qarshi birgalikda kurashishga kelishib oldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Shu kunlarda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan "ICT Week Uzbekistan - 2025" axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida "O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi" DUK va "ATS Mediafon KZ" MChJ kompaniyasi o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish tizimini takomillashtirish, bank antifrodi sohasida ilg‘or yechimlarni joriy etish sohasida hamkorlikni rivojlantirish muzokaralarning asosiy mavzulari bo‘ldi.

Uchrashuv ishtirokchilari raqamli texnologiyalarning jadal o‘sishi sharoitida oʻzaro hamkorlikda ishlash muhimligini bildirib, samarali hamkorlik telekommunikatsiya xizmatlarining kiberxavfsizligi va ishonchliligi darajasini oshirish, foydalanuvchilarni firibgarlik va noqonuniy operatsiyalardan himoya qilish imkonini berishini ta’kidladilar.

Muzokaralar yakunida tajriba almashish, loyihalarni birgalikda ishlab chiqish va bank firibgarliklariga qarshi kurashish masalalarida harakatlarni muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling