Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
O'zmetkombinat" va TMP hamkorlik memorandumini imzoladilar
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026-yil 24-mart kuni Tojikiston Prezidentining O'zbekistonga kutilayotgan davlat tashrifi oldidan "O'zmetkombinat" AJ va Tojikiston temir-po'lat zavodi strategik hamkorlik memorandumini imzoladilar.
Kelishuvga ko‘ra, 2027-yil 3-chorakdan boshlab O‘zmetkombinat 300 ming tonna to‘g‘ridan-to‘g‘ri tiklangan temir (PVJ) xarid qiladi.
Memorondum “O’zmetkombinat” AJ boshqaruv raisi - Bosh direktori Bahodir Abdullayev va Tojikiston tomoni nomidan TMK YoAJ bosh direktori Sharipov tomonidan imzolandi.
Mazkur hamkorlik xomashyo ta’minotini mustahkamlash va ikki davlat o‘rtasidagi sanoat integratsiyasini kengaytirishga xizmat qiladi.