Valyuta kurslari 04/12/2025
$1 – 11912.38
UZS – 0,26%
€1 – 13873.16
UZS – 0,57%
₽1 – 153.39
UZS – 0,07%
Qidirish
O‘zbekiston–Xitoy kasbiy ta’lim hamkorligi doirasida 14 nafar mutaxassis Xitoyda malaka oshirmoqda

O‘zbekiston–Xitoy kasbiy ta’lim hamkorligi doirasida 14 nafar mutaxassis Xitoyda malaka oshirmoqda

O‘zbekiston–Xitoy kasbiy ta’lim hamkorligi doirasida 14 nafar mutaxassis Xitoyda malaka oshirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Kasbiy ta’lim tizimini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish hamda ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish maqsadida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida so‘nggi yillarda keng ko‘lamli hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur hamkorlik doirasida 2025-yilda ikki davlatda yirik ta’lim forumlari o‘tkazilib, kasbiy ta’lim muassasalari o‘rtasida yangi qo‘shma loyihalar yo‘lga qo‘yildi.

Hamkorlikning navbatdagi bosqichi o‘laroq Anhuy suv xo‘jaligi va gidroenergetika texnika kolleji taklifiga binoan 2025-yil 1–8-dekabr kunlari “Yangi energiya transport vositalari” yo‘nalishida maxsus malaka oshirish kurslari tashkil etilmoqda. 

Ushbu kurslarda ishtirok etish uchun O‘zbekistonning Andijon, Buxoro, Jizzax, Farg‘ona, Samarqand viloyatlari va Toshkent shahridagi texnikumlardan jami 14 nafar mutaxassis saralangan.

Malaka oshirish kurslari davomida o‘zbek mutaxassislari uchun yangi energiya transport vositalari bo‘yicha maxsus ma’ruzalar, zamonaviy ustaxona va laboratoriyalarda amaliy mashg‘ulotlar, avtomobilsozlik va yangi energiya texnologiyalari bo‘yicha yetakchi korxonalarga tashriflar tashkil etiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling