O'zbekistonning 2025-yil oktyabr oyidagi iste'mol narxlari indeksi: Oziq-ovqat inflyatsiyasi tezlashdi, xizmatlar narxlarining o'sishi esa sekinlashdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil oktyabr oyida yigʻma INI oylik koʻrsatkichi 100,6%, 2024-yilning dekabriga nisbatan —105,7%, yillik nisbatda 107,8% nitashkil etdi.Taqqoslash uchun: 2024yil oktyabroyida yigʻma INI oylik koʻrsatkichi100,8%, 2023yilning dekabriga nisbatan 107,7%, yillik nisbatda110,2%nitashkil etgan.
Yigʻma INI oʻrtacha oylik oʻsish surʼati 2025-yilning yanvar–oktyabrida 0,6%(2024-yilning yanvar–oktyabrida 0,7%)ga teng boʻldi.
Meva va sabzavot mahsulotlari narxlarining oʻzgarishini hisobga olmaganda, oylik INI koʻrsatkichi 100,5%(2024-yil oktyabroyida100,7%), 2025-yil yanvar–oktyabroylari uchun —107,2%(2024-yil yanvar–oktyabr oylarida 110,5%), yillik nisbatda —108,6%(2024-yil oktyabr oyida 112,2%)ni tashkil etdi.
Quyida MIIT—2018 boʻlimlari boʻyicha joriy yilning oktyabr oyida asosiy tovarlar va xizmatlar narxlarining oʻzgarishlari keltirilgan:Oziq-ovqat mahsulotlari va spirtsiz ichimliklar bo‘limi.
Asosiy mahsulotlar qatorida oy davomida narxlarning oʻsishi quyidagi turlar boʻyicha qayd etildi:tuxum—4,1%(-0,4%1)ga, suyakli mol goʻshti—1,7%(+24,2%)ga, suyaksiz mol goʻshti—1,6%(+25,3%)ga,qoʻy goʻshti—1,6%(+27,3%)ga,sut —oʻrtacha 1,2% (+7,2%)ga, oʻsimlik yogʻlarining narxlarioʻrtacha0,8%(+26,7%)gao‘sishi qayd etildi.
Oy davomida asosan guruch va guruch oqshogʻi —2,5%(-17,9%)ga, shakar—3,1%(-5,0%)ga, parranda goʻshti (tovuq boldiridan tashqari)—1,0%(+5,4%)ga,tovuq boldiri va son qismlarinarxining0,4%(+5,9%)ga pasayishi kuzatildi.
Asosiy meva–sabzavot mahsulotlaridan pomidorning 61,0%(-5,3%)ga, bodring—58,2%(-17,6%)ga, baqlajon—11,3%(-29,9%)ga, bulgʻor qalampirinarxlarida10,6%(-19,7%)ga sezilarli oshish kuzatildi. Limon—9,9%(+45,1%)ga, sabzi—5,7%(+45,5%)ga,karam—5,4%(+24,7%)ga, piyoz—5,3%(+18,9%)gava kartoshkanarxlarining2,0%(+17,9%)ga sezilarli pasayishikuzatildi.
Turar joy xizmatlari, suv, elektr, gaz va boshqa yonilgʻi turlari bo‘limi.2025-yil oktyabr oyidan boshlab, ayrim hududlardamaishiy chiqindilarni olib ketish, hamda issiq suv va issiqlik taʼminoti tariflari oshdi.
Yuqorida koʻrsatilgan xizmatlarning oylik isteʼmol indeksi respublika boʻyicha mos ravishda 104,3%,101,3%va102,7% ni tashkil etdi. Turar joylarga xizmat koʻrsatish va taʼmirlash uchun materiallarnarxlari oy davomida0,5%(+4,2%)ga oshdi.Sogʻliqni saqlash xizmatlaribo‘limi.
Oy davomida dori vositalari narxi 0,4%(+5,9%)ga, statsionar va ambulator davolash xizmatlari 0,3%va 0,2% (+7,6%)ga va sogʻliqni saqlashning boshqa xizmatlari 0,3%(+10,4%)ga oshdi.Transportbo‘limi.Benzin narxi oy davomida 101,5% (111,7%)ga, shu yil boshiga nisbatan esa 107,4%ni tashkil etdi.
Joriy yilning oktyabr oyida AI–80 benzinining narxi bir litri uchun 8400–9700 soʻm, AI–91 va AI–92 uchun 10500 dan 13700 soʻmgacha, AI–95 va AI–98 uchun 12000 dan 18000 soʻmgachaoraligʻida, hamda kuzatuvdagi eng qimmat markadagi AI—100 benzinining narxi bir litri uchun 20500 soʻmni tashkil qildi.
Propan uchun oylik INI koʻrsatkichi 3,3%(-18,0%)ni va yuqori narx chegarasi 6900 soʻmni tashkil etdi. Oktyabr oyida metan narxida sezilarli oʻzgarish kuzatilmadi, faqatgina 0,1%ga oshdi va oʻtgan yilning oktyabr oyiga nisbatan 30,5%yuqoriligicha qoldi.Joriy yilning oktyabr oyidan boshlab, transport xizmatlarida Toshkent va Toshkent viloyati shaharatofidagi poezdda yo‘l haqinarxi oshirildi.
Umuman respublikada ushbu xizmat turi oy davomida 2,5% (+4,0%)ga qimmatlashdi. Shahar avtobuslarida yoʻl haqi oʻrtacha 1,7% (+22,3%)ga, shaharlararo avtobuslarda esa 1,1% (+11,1%)ga oshdi.
Kuzatuvga tanlab olingan yoʻnalishlar boʻyicha aviaqatnovlar oy davomida oʻrtacha 3,5% (17,3%)ga, shaharlararo poyezdlar uchun tariflar esa oʻrtacha 0,2% (7,0%)ga arzonlashdi, bu esa milliy valyutaning mustahkamlanishibilan izohlanadi.Taʼlim sohasidagi xizmatlarbo‘limi.
Nodavlat sektor tomonidan koʻrsatiladigan taʼlim xizmatlarida oylik narx oʻzgarishi qayd etildi. Bunda repetitorlik xizmati 1,1% (7,4%)ga, chet tillari kurslarida oʻqish 0,5% (8,6%)ga, xususiy bolalar bogʻchalari narxlari –0,4% (5,4%)ga oshdi.
Restoranlar va mehmonxonalar xizmatlaribo‘limi.Oy davomida umumiy ovqatlanish xizmatlari narxlari 0,5–0,7%ga oshdi, mehmonxona xizmatlari narxlari barqarorligicha qoldi.Sugʻurtalash va moliyaviy xizmatlarbo‘limi.Joriy yilning oktyabr oyida pul oʻtkazmalari uchun xaq toʻlash 1,9% (-4,8%)ga tushgan boʻlsa, elektron toʻlov tizimlari orqali pul oʻtkazmalari esa, aksincha, oʻrtacha 2,7% (8,7%)ga oshdi.
Maishiy tovarlar va xizmatlar, turli tovarlar va xizmatlarbo‘limi.Boʻlimdagi tovarlar va xizmatlar uchun qisqa muddatli INI diapazoni 99,8%(bolalar tagligi)dan 105,0%(nikoh uzugi)gacha tashkil etdi.
Boshqa boʻlimlarda tovar va xizmat narxlari oʻzgarishi taʼsiri yuqori boʻlmadi, yoki yigʻma koʻrsatkichga sezilarli darajada taʼsir qilmadi.Umuman, boʻlimlar kesimida qisqa muddatli INI diapazoni 99,7%(“Sugʻurtalash va moliyaviy xizmatlar”)dan 101,0%(“Maishiy tovarlar va xizmatlar, turli tovarlar va xizmatlar”) oraligʻida kuzatildi.
Oʻtgan yilning oktyabr oyiga nisbatan qisqa muddatli INI koʻrsatkichi deyarli barcha boʻlimlarda past koʻrsatkichni qayd etgan.2024-yilning dekabriga nisbatan INI yuqori chegarasi 116,1%(“Turar joy xizmatlari, suv,elektr, gaz va boshqa yonilgʻi turlari”), quyi chegarasi –99,4%ga (“Sugʻurtalash va moliyaviy xizmatlar”) yetdi.
2025-yil yanvar–oktyabr oylarida narxlar oʻsishining oʻtgan yilning tegishli koʻrsatkichlari bilan solishtirganda, "Turar joy xizmatlari, suv, elektr, gaz va boshqa yonilgʻi turlari" (mos ravishda 116,1%va137,0%), "Sogʻliqni saqlash" (mos ravishda 105,1%va118,9%), “Taʼlim sohasidagi xizmatlar” (mos ravishda 104,8%va113,3%) boʻlimlarida oʻsish surʼatida sezilarli sekinlashish qayd etildi.
Yillik nisbatdagi INI chegaralari 2025-yilning oktyabr oyida 99,6%(“Sugʻurtalash va moliyaviy xizmatlar”)dan –117,1%(“Turar joy xizmatlari, suv, elektr, gaz va boshqa yonilgʻi turlari”)gachani tashkil etdi.
Oʻtgan yilning oktyabriga nisbatan narxlarning yillik oʻsishining pasayishi "Turar joy xizmatlari, suv, elektr, gaz va boshqa yonilgʻi turlari" (mos ravishda 117,1%va140,1%), "Sogʻliqni saqlash" (mos ravishda 106,7%va120,4%), "Taʼlim sohasidagi xizmatlar" (mos ravishda 105,5%va114,6%) boʻlimlarida kuzatildi.
Shu bilan birga, oziq-ovqat narxlari indeksi nisbatan past darajasiga qaramay, aksincha, oʻtgan yilga nisbatan oʻsish surʼati tezlashgan.
“Oziq–ovqat va alkogolsiz ichimliklar” boʻlimidagi yillik INI koʻrsatkichi shu yilning oktyabr oyida 105,8% ga yetdi, 2024-yilning oktyabr oyida 101,7% nitashkil etgan.
Joriy yilning oktyabroyida tovarlarga qisqa muddatli INI 100,7%(2024-yil oktyabr oyida 100,9%)ni, 2025-yilningyanvar–oktyabrida 103,6%(2024-yilningyanvar–oktyabrida102,4%)nivayillik nisbatda 105,8%(2024-yil oktyabrida 104,7%)ni tashkil etdi.
Oziq–ovqat mahsulotlari boʻyicha 100,9%(2024-yil oktyabr oyida 101,1%)ni,yil boshidan103,0%(2024-yilningyanvar–oktyabrida99,6%)ni, yillik nisbatda105,9%(2024-yilningoktyabrida102,2%)ni tashkil etdi.
Nooziq–ovqat mahsulotlar boʻyicha qisqa muddatli INI joriy yil oktyabroyida 100,4%(2024-yil oktyabr oyida100,7%)ni, yil boshidan104,4%(2024-yilningyanvar–oktyabrida106,2%)ni, yillik nisbatda105,8%(2024-yilningoktyabrida108,1%)ni tashkil etdi.
Joriy oyda xizmatlar boʻyicha INI 100,3%(2024-yil oktyabr oyida100,8%)ni, yil boshidan112,7%(2024-yilningyanvar–oktyabrida124,9%), yilliknisbatda114,4%(2024-yilningoktyabrida128,7%)ni tashkil etdi.
2025-yilning oktyabr oyidagi qisqa muddatli yigʻma koʻrsatkichga “Oziq–ovqat va spirtsiz ichimliklar” yuqori taʼsir koʻrsatib, INI koʻrsatkichini 0,38 f.d. ga (umumiy oʻsishning 65,5% i) oshirdi.“Turar joy xizmatlari, suv, elektr, gaz va boshqa yonilgʻi turlari” va “Maishiy tovarlar va xizmatlar, turli tovarlar va xizmatlar” boʻlimlaridagi narx oʻzgarishlari oylik yigʻma koʻrsatkichni jami hisobda 0,11f.d. ga oshirdi.Qolgan boʻlimlarda narxlarning oshishi yigʻma koʻrsatkichni yana0,09f.d.ga oshirdi.
2025-yilning yanvar-oktyabr oylari uchun INI oʻsishiga eng katta taʼsir bu “Turar joy xizmatlari, suv, elektr, gaz va boshqa yonilgʻi turlari”, “Oziq–ovqat mahsulotlari va spirtsiz ichimliklar”, “Transport”, “Maishiy tovarlar va xizmatlar, turli tovarlar va xizmatlar” va “Sogʻliqni saqlash” boʻlimlaridagi narxlar va tariflarning oʻzgarishida boʻldi (+4,80 f.d., yoki umumiy oʻsishning 84,8%i).