O'zbekistonlik farmatsevtika mutaxassislari Yaponiya kompaniyalari bilan hamkorlikni muhokama qilishdi
O'zbekistonlik farmatsevtika mutaxassislari Yaponiya kompaniyalari bilan hamkorlikni muhokama qilishdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi boshqarma boshlig‘i Yaponiyaga amaliy xizmat safari doirasida qator muhim uchrashuvlar o‘tkazdi.
Safar doirasida JETRO prezidenti Susumu Kataoka, Nara prefekturasi Farmatsevtika assotsiatsiyasi raisi Sato hamda Yamato Godo Pharmaceutical Co., Ltd, Shinsei Pharmaceutical Industry Co., Ltd, Marudai Pharmaceutical Co., Ltd, Iskra Industry Co., Ltd kompaniyalari vakillari bilan muzokaralar o‘tkazildi.
Ushbu uchrashuvda taʼlim, ilmiy-tadqiqot faoliyati, investitsiya sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, tadbir doirasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Unical Co., Ltd va E+craftman Co., Ltd kompaniyalari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Agentlik faoliyati hamda “Tashkent Pharma Park” farmatsevtika klasteri loyihasi bo‘yicha prezentatsiya taqdim etildi.
Uchrashuvda ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha hamkorlik, farmatsevtika taʼlim yo‘nalishlarida qo‘shma tashabbuslar, BAD va vitaminlar, xususan kalsiy miqdori va o‘zlashishi yuqori bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarish borasidagi imkoniyatlar muhokama etildi.