Valyuta kurslari 23/02/2026
$1 – 12212.79
UZS – 0,36%
€1 – 14411.09
UZS – 0,36%
₽1 – 159.52
UZS – 0,36%
Qidirish
O‘zbekistonlik bokschi Meliqo‘ziyev AQSHda jangini texnik nokaut bilan yutdi

O‘zbekistonlik bokschi Meliqo‘ziyev AQSHda jangini texnik nokaut bilan yutdi

O‘zbekistonlik bokschi Meliqo‘ziyev AQSHda jangini texnik nokaut bilan yutdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — AQSHning Nevada shtatining Las-Vegas shahrida professional boks musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Janglardan birida o‘zbekistonlik bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. U supero‘rta vazn toifasida Gana vakili Sena Agbeko bilan to‘qnash keldi.

Birinchi raundyoq Meliqo‘ziyev bosh bilan berilgan zarbadan keyin qoshidan yoriq oldi. Shunga qaramasdan, u jangni davom ettirib, bahs jarayonini ishonch bilan nazorat qildi. Yettinchi raundda o‘zbekistonlik bokschi raqibini texnik nokautga uchratdi. Shu tariqa, Meliqo‘ziyev WBA versiyasi bo‘yicha interkontinental chempionlik unvonini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Jangdan so‘ng bokschi o‘zining asosiy maqsadi jahon chempionlik kamarini qo‘lga kiritish ekanini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u chempionlik jangini o‘tkazishga to‘liq tayyor va yaqin vaqt ichida ushbu unvonni O‘zbekistonga olib kelishga umid qilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling