Valyuta kurslari 26/12/2025
$1 – 12078.47
UZS – 0,09%
€1 – 14234.48
UZS – -0,04%
₽1 – 155.23
UZS – 0,99%
Qidirish
O'zbekistondagi bank bo'lmagan moliya tashkilotlarning aktivlari qariyb olti baravar oshdi

O'zbekistondagi bank bo'lmagan moliya tashkilotlarning aktivlari qariyb olti baravar oshdi

O'zbekistondagi bank bo'lmagan moliya tashkilotlarning aktivlari qariyb olti baravar oshdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Soʻnggi yillarda mamlakatimiz moliya tizimida bank boʻlmagan moliyaviy tashkilotlarning 1 1 ahamiyati oshib bormoqda. Xususan, boshqa moliyaviy tashkilotlar moliyaviy aktivlari hajmining moliya tizimidagi ulushi 2024-yil oxirida 5,4 foizni tashkil qilgan boʻlsa, mazkur koʻrsatkich 2025-yil 1-oktabr holatiga kelib 6,1 foizgacha oshdi (2019-yil oxirida 3,3 foiz). Bu haqda O'zbekiston Markaziy banki hisobotida aytilgan.

Moliyaviy aktivlar hajmi dinamikasida boshqa moliyaviy tashkilotlardagi oʻsish surʼatlarining bank tizimiga nisbatan ancha yuqori ekanligini koʻrsatmoqda. Jumladan, oxirgi olti yil davomida bank tizimi moliyaviy aktivlari hajmi 3,2 barobarga koʻpaygan boʻlsa, mazkur koʻrsatkich boshqa moliyaviy tashkilotlarda bank tizimiga nisbatan qariyb 2 marta tezroq oʻsib, 6 barobarga oshdi.

Boshqa moliyaviy tashkilotlarning iqtisodiyot real sektoriga yoʻnaltirilgan kredit qoʻyilmalari hajmi jadal surʼatlarda oʻsib bormoqda. Taqqoslash uchun, boshqa moliyaviy tashkilotlarning real sektorga boʻlgan talablari 2024-yilning 1-oktabr holatiga 20,5 trln soʻmni tashkil qilgan boʻlsa, ushbu koʻrsatkich bank tizimi kredit qoʻyilmalariga nisbatan 2 barobar tezroq oʻsib, 2025-yilning 1-oktabr holatiga 27,3 trln soʻmga yetdi.

Aktivlarning kapital bilan taʼminlanganlik darajasida boshqa moliyaviy tashkilotlar nisbatan yuqori barqarorlik namoyon etmoqda. Xususan, 2025-yilning 1-oktabr holatiga tijorat banklarida aktivlarning kapital bilan taʼminlanganlik darajasi 16,2 foizni tashkil qilgan boʻlsa, boshqa moliyaviy tashkilotlarda mazkur koʻrsatkich 50,9 foizga (2024-yil 1-oktabr holatida 45,2 foiz) yetdi.

2025-yil 1-oktabr holatiga boshqa moliyaviy tashkilotlarning jamlanma moliyaviy aktivlari 51,9 trln soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 35,6 foizga (2024 yil 1-oktabr holatida – 38,2 trln soʻm) oshdi.

Bunda, lizing tashkilotlarining moliyaviy aktivlari ushbu davrda 38,6 foizga, sugʻurta tashkilotlari – 10,7 foizga, mikromoliya tashkilotlari – 49,9 foizga va Omonatlarni kafolatlash agentligi (OKA) – 48,4 foizga oʻsgan.

Boshqa moliyaviy tashkilotlarning sof tashqi aktivlaridagi manfiy tafovut oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 19,2 foizga oshib -3,5 trln soʻmni tashkil qildi. Bu oʻz navbatida, mazkur tashkilotlarning norezidentlar oldidagi majburiyatlari, talablariga qaraganda yuqori surʼatlarda oʻsib borayotganligi bilan izohlanadi.

Jumladan, Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi (IQMK) faoliyatida tashqi resurs mablagʻlarining sezilarli oshganligi, xususan, norezidentlar oldidagi majburiyatlari 2024-yilning mos davriga nisbatan 3 barobarga oshib, 984,8 mlrd soʻmga yetganligi asosiy omil boʻlib xizmat qildi.

Shuningdek, sugʻurta tashkilotlarining norezidentlarga boʻlgan talablari hajmi 2024-yil 1-oktabr holati bilan solishtirganda 5 foizga oshib, 2025-yil III chorak yakunida 794,7 mlrd soʻmga yetdi.

Bank tizimiga boʻlgan talablar jami aktivlarga mos ravishda oshib bormoqda. Jumladan, boshqa moliyaviy tashkilotlar jami moliyaviy aktivlarida bank tizimiga boʻlgan talablar 33,8 foiz atrofida shakllanib, 17,5 trln soʻmga yetdi.

Tashkilotlar kesimi boʻyicha qaralganda, depozit tashkilotlariga boʻlgan talablarning asosiy qismi sugʻurta tashkilotlari (37,1 foiz), IQMK (33,4 foiz) va toʻlov tashkilotlari (13,8 foiz) hissalariga toʻgʻri keldi.

Shuningdek, IQMK tomonidan tijorat banklariga ipoteka kreditlarini moliyalashtirish maqsadida ajratilgan resurslarning sezilarli oshishi, oʻz navbatida, maqsadli va boshqa qarz mablagʻlari miqdorining 5,6 trln soʻmga yetishiga xizmat qildi.

Qayd etish joizki, bank tizimiga boʻlgan jami talablarning asosiy qismi depozitlardan iborat boʻlib, ularning ulushi 56,4 foizni (9,9 trln soʻm) tashkil etdi.

Markaziy hukumatga boʻlgan sof talablar 2024-yilning III choragi yakunida -2,4 trln soʻmni tashkil qilgan boʻlsa, joriy yil davomida ushbu tashkilotlar tomonidan davlat qimmatli qogʻozlariga kiritilgan investitsiyalar hisobiga mazkur salbiy tafovut -1,7 trln soʻmgacha qisqardi. 

Boshqa sektorlarga (davlat nomoliyaviy tashkilotlar4 , nodavlat nomoliyaviy tashkilotlar 5 hamda jismoniy shaxslar) boʻlgan talablari oʻsuvchi dinamikani qayd etmoqda. Xususan, iqtisodiyotga boʻlgan jami talablar (kredit qoʻyilmalari) oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 33 foizga oshib, 27,3 trln soʻmni tashkil etdi.

Bunda, asosiy oʻsish lizing va mikromoliya tashkilotlarining umumiy lizing va mikromoliya portfellari hissalariga toʻgʻri kelib, ushbu ishtirokchilarning portfellari hajmi hisobot choragi yakunida mos ravishda 14,2 trln soʻm hamda 9,6 trln soʻmga yetdi.

2025-yil III chorak yakunida boshqa moliyaviy tashkilotlarning jami passivlari tarkibining asosiy qismi aksiyalar, kapital va kreditlar (jalb qilingan qarz mablagʻlari) kabi moliyaviy instrumentlar hisobiga shakllandi.

Taʼkidlash lozimki, boshqa moliyaviy tashkilotlar tomonidan depozitlar jalb qilinmasligi hamda moliyaviy hosilaviy instrumentlar bilan bogʻliq operatsiyalar amalga oshirilmaganligi bois passivlarning “Depozitlar” va “Moliyaviy hosilaviy instrumentlar” boʻlimlarida qiymat mavjud emas.

Jami passivlar tarkibida kapitalning ulushi 2025-yil 1-oktabr holatiga 51 foizni (26,4 trln soʻm) tashkil etdi.

Kreditlar – boshqa moliyaviy tashkilotlar tomonidan iqtisodiyot sektorlaridan (norezidentlar hamda markaziy hukumatdan tashqari) jalb qilingan kreditlar va boshqa qarz mablagʻlarini ifodalaydi.

Tashkilotlar kesimi boʻyicha qaralganda, yirik qarz oluvchilar mikromoliya va lizing tashkilotlari boʻlib, hisobot davri

Boshqa moliyaviy tashkilotlar tomonidan jalb qilingan kreditlarning salmogʻli qismi banklar hissasiga toʻgʻri kelmoqda. Xususan, hisobot choragi yakunida tijorat banklaridan jalb qilingan resurslar 4,4 trln soʻmni tashkil qildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling